Yilning so‘nggi haftasida nam, nisbatan issiq havo hukmronlik qiladi, deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi e’lon qilgan O‘zgidromet ma’lumotida.

25−26 dekabr kunlari O‘zbekistonga Kaspiy dengizi hududidan Qozog‘iston orqali nisbatan salqin va nam havo oqimining kirib kelishi kutilmoqda.

25 dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 26 dekabrda — respublikaning katta qismida bir oz yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. 25 dekabr kuni havo harorati −5…−0 daraja, kunduzi +2 … +7 daraja issiq bo‘ladi. 26 dekabr kuni kechasi −3…+2 darajagacha, kunduzi +5…+10 bo‘ladi.

27−28 dekabr kunlari quruq va iliq ob-havo hukmron bo‘ladi, kunduzi harorat +10…+15 darajagacha ko‘tariladi, janubda +16…+18 daraja bo‘ladi.

29 dekabr kuni yana Kaspiy dengizining janubiy viloyatlaridan nam ob-havo massasining kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yomg‘irgarchilik bo‘lmasligi mumkin.

Bu kunlari kechasi 0…+5, kunduzi +7…+12 daraja issiq bo‘ladi. Respublikaning ayrim joylarida tuman bo‘lishi kutilmoqda.