Ertaga, 25 dekabr kuni soat 9:00 da Toshkent kichik halqa yo‘lida «Vatanparvarlik» marafoniga start beriladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga xabar berdi.

12 kilometr masofani tashkil etadigan marafon «Amilov» (Crafers) qandolat fabrikasidan boshlanadi. Finish chizig‘i Toshkent Janubiy vokzali oldida belgilangan.

Mazkur marafon «Vatanparvarlik oyligi» doirasida Mudofaa vazirligi tomonidan o‘tkazilmoqda. Unda barcha yoshdagi fuqarolar ishtirok etishi mumkin.

G‘oliblar Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonligi tomonidan medallar, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Marafon munosabati bilan Toshkent kichik halqa yo‘lining ayrim qismi vaqtincha yopiladi. Yuzaga keladigan noqulaylik uchun oldindan uzr so‘raymiz.