O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Indoneziya qirg‘oqlarida yuz bergan kuchli sunami oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan mamlakat prezidenti Joko Vidodoga va Indoneziya xalqiga chuqur hamdardlik bildirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

«RIA Novosti» bergan xabarga ko‘ra, Indoneziyaning Zond yarimorolida yuz bergan sunami oqibatida 281kishi vafot etdi. Jarohatlangan soni 1016 kishini tashkil etsa, 57 odam bedarak yo‘qolgan.