Riodagi Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, bugungi kunda professional ringda faoliyat olib borayotgan Fazliddin G‘oibnazarov faoliyatidagi yettinchi jangini yanvar oyida o‘tkazadi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Fazliddin 18 yanvar kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarida Dominikan Respublikasi bokschisi Rikardo Garsiyaga qarshi jang o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, Fazliddin professional ringda 6 marotaba jang qilgan va ularning barchasini o‘z foydasiga hal qilgan (3 ta nokaut). Rikardo Garsiya esa 19 marotaba jang qilib, 14 marotaba g‘alaba qozongan (9 ta nokaut). 4 ta jangda mag‘lub bo‘lgan. Bitta bahsda esa durang qayd etgan.