Flydubai aviakompaniyasi (BAA) avval belgilangan Emirates Airlines tashuvchisi o‘rniga Dubay-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha doimiy parvozlarni amalga oshiradi. 8−10 dekabr kunlari O‘zbekiston Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi delegatsiyasining Dubay Amirligi aviatsion hukumati bilan o‘tkazgan muzokaralarida shu haqdagi kelishuvga erishildi.

Davavianazorat matbuot xizmatining xabar qilishicha, Flydubai aviakompaniyasiga haftasiga besh marotaba, 2019 yilgi parvoz navigatsiyasi davridan boshlab esa haftasiga ikkitadan qo‘shimcha reys bilan Toshkent va Dubay o‘rtasida doimiy yo‘lovchi tashuvlarini amalga oshirish huquqi berildi.

Flydubai — BAA davlat byudjet aviakompaniyasi bo‘lib, o‘z faoliyatini 2009 yilda boshlagan.