Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda davlat boshqaruviga zarar yetkazib kelgan 81 kollegial organ tugatilganligi ma’lum qilindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Bosh prokuratura tizimi bilan bog‘liq kollegial organlar faoliyati qayta ko‘rib chiqilgan. Natijada 81 kollegial organ butunlay tugatilgan. 21 tasi qayta tashkil etilgan. Shu bilan jamiyatga foyda keltirmayotgan, aksincha, zarar keltirayotgan tuzilmalar barham topgan.