O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Ruslan Nuriddinovning 2012 yilgi London Olimpiadasidagi doping namunasi Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan qayta tekshiruvdan o‘tkazilganda, ijobiy natija berdi. Bu haqda Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) matbuot xizmati xabar qildi.

Londonda 105 kg gacha vazn toifasida to‘rtinchi o‘rinni egallagan Ruslan Nuriddinovning peshob namunasida degidroxlorometiltestosteron (anabolik androgen streoid) topildi. Ruslan Nuriddinov Rio-de-Janeyro olimpiadasi chempioni, 2013 yilgi jahon chempionati g‘olibi, 2018 yilgi Osiyo o‘yinlari oltin medali sohibi.

IWFportchini vaqtincha sportdan chetlatdi.

Undan avvalroq 2008 va 2012 yilgi Olimpiya o‘yinlaridagi doping namunalarini qayta tekshiruvdan o‘tkazgan Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Artur Taymazovni Pekinda erkin kurashdan qo‘lga kiritgan oltin, Soslan Tigiyevni kumush medaldan mahrum etgan edi.