O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Xotin-qizlar qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasi yakunida qo‘mitaning ustuvor vazifalarini belgilab olish va tashkiliy masalalari ham ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Unga ko‘ra, qo‘mita boshqaruvi, rayosati va taftish komissiyasi tarkibi saylandi. Shuningdek, qo‘mitaning yangi tahrirdagi ustavi qabul qilindi.

Yangi saylangan qo‘mita raisi Tanzila Norboyeva tadbir ishtirokchilarini xotin-qizlarimiz baxtiyor yashashini ta’minlashda hamkor va yakdillikda ishlashga chaqirdi.