RIA Novosti — AQSH federal muassasalarining bir qismi moliyalashtirilmagani uchun faoliyatini qisqartirdi. Bu prezident Donald Tramp va demokratlar o‘rtasidagi qarama-qarshilikni keltirib chiqardi.

Mahalliy vaqt bilan yarim tunda hukumatni moliyalashtirishni ko‘zda tutuvchi yettita qonunning amal qilish muddati tugadi. Shunday qilib, Davlat departamenti, Adliya vazirligi, ichki xavfsizlik, qishloq xo‘jaligi, transport vazirliklari hamda bir qator mahkamalar faoliyatini qisqartirishi va bir qism xodimlarini ta’tilga chiqarishi lozim. Hukumat tarmoqlari o‘rtasida bir to‘xtamga kelish uchun hali vaqt bor — 24 va 25 dekabr kunlari dam olish kuni deb e’lon qilindi, demak byudjetning yo‘qligini 26 dekabrdan amalda his etish mumkin bo‘ladi. Agarda inqiroz tezda bartaraf etilsa, noqulaylikni asosan rojdestvo ta’tiliga chiqish o‘rniga byudjet bilan shug‘ullanishga majbur bo‘ladigan kongressmenlar his etadi.

Byudjet taqchilligi Trampning 5 mlrd dollarni chegaralar xavfsizligini ta’minlash uchun byudjetga kiritmaslikka harakat qilayotgani bilan bog‘liq, demokratlar esa bunga qarshi. Vakillar palatasida respublikachilar prezident talabini to‘ldirib, qo‘shimcha 5,7 mlrd dollarlik byudjetni tasdiqladi. Biroq Senatda hujjatni tasdiqlash uchun eng kamida 60 ovoz talab qilinadi, ya’ni respublikachilarni demokratlarning hech bo‘lmasa bir qismi qo‘llab-quvvatlashi lozim. Natijada yuqori palata kelishuvga erisha olmadi.

Respublikachilar Tramp talab qilgan 5 mlrd dollarlik mablag‘siz vaqtinchalik byudjetni tasdiqlashni taklif etdi. Prezident dastavval rozi bo‘ldi, biroq keyin so‘zida qat’iy turib oldi va byudjet imzolanmasligini ma’lum qildi.

Joriy yilda AQSH hukumati uchinchi marta faoliyatini to‘xtatdi. Moliyalashtirishni to‘xtatish — korxona va muassasalarni zudlik bilan yopishni anglatmaydi — ularning ayrimlari, masalan, Davlat departamentida hisobida sarflanmagan mablag‘lar bo‘lib, ularni ishlatish mumkin.