FIFA terma jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra Belgiya termasi hamon 1-o‘rinni egallab turibdi. Amaldagi jahon chempioni Fransiya esa 2-o‘rinni band etgan.

Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi mazkur reytingni 96-qatoridan joy oldi. Osiyo qit’asidagi jamoalar orasida esa 14-o‘rinni band etdi.