2018 yil 20 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida Sarbiy OFYda joylashgan uyda yashagan fuqaro S.B.ning uyida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV YOXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar berdi.

Yuz bergan yong‘in oqibatida uyning 165 kv. metr maydonida tomi, shifti va uy jihozlari hamda VAZ 2106 jiguli rusumli mashina zararlangan.

Yong‘inga 4 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilgan. O‘t o‘chiruvchilar tomonidan ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in bartaraf etilgan. Olovni o‘chirish vaqtida uyning ichidan uy egalarining to‘rt nafari kuygan holdagi jasadlari topilgan.

Yong‘inning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.