O‘zbekiston yana 22 davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etishni rejalashtirmoqda. Tegishli hujjat loyihasi Vazirlar Mahkamasida muhokama qilinmoqda, deya ma’lum qildi Davlat turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Qosimxo‘jayev payshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Hozirda O‘zbekistonda 18 mamlakat bilan vizasiz rejim o‘rnatilgan. MDH davlatlari, jumladan Rossiya va Gruziya bilan esa ikki tomonlama vizasiz tartib amalda.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurgan chet el fuqarolari soni 2017 yilning shu davriga nisbatan qariyb 2 barobarga oshdi va 4,4 million kishiga yaqinlashdi.

Fevralda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 fevraldan Isroil, Indoneziya, Janubiy Koreya, Malayziya, Singapur, Turkiya va Yaponiya fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etish, 39 mamlakat fuqarolari uchun esa sayyohlik vizalarini soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Martda vizasiz rejim ro‘yxatiga Tojikiston, oktyabrda — Францияқўшилди.