Toshkent davlat stomatologiya instituti delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga tashrifi doirasida Orenburg davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlik dasturiga asosan «klinik-psixologiya» yo‘nalishida yangi fakultet ochilmoqda. Mazkur fakultetga 2019−2020 o‘quv yilidan talabalar qabul qilinadi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti ayni paytda xorijiy mamlakatlarning ellikka yaqin nufuzli oliy ta’lim muassasalari va kompaniyalari bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolashga erishdi. 2018 yil davomida 50 dan ortiq talaba va 20 dan ziyod professor-o‘qituvchilar xorijda malaka oshirdi.

Ushbu hamkorlik dasturlari natijasida 2018−2019 o‘quv yilidan Italiyaning Turin universiteti bilan «biotibbiy muhandislik» va Moskva davlat tibbiyot stomatologiya universiteti bilan «stomatologiya» fakultetlari tashkil etildi.