O‘zbekistonning sof oltin-valyuta zaxiralari hajmi bir oy ichida 425 mln dollarga kamayib, 1 dekabr holatiga ko‘ra 25,29 mlrd dollarni tashkil etdi, deya xabar qildi O‘zbekiston Markaziy banki.

Noyabr yakunlari bo‘yicha yalpi oltin-valyuta zaxiralari 25,98 mlrd dollarni tashkil etdi. Undan xorijiy valyutadagi aktivlar hajmi — 11,01 mlrd dollar (bir oy ichida -830 mln dollar), monetar oltin — 14,96 mlrd dollar (+318 mln dollar).

Markaziy bank oltin-valyuta zaxiralarining kamayishini oltin narxining 1296,5 dan 1220,45 doll/tr unsiyaga pasaygani bilan izohladi. Narxning oltin-valyuta zaxiralarining kamayishiga ta’siri -823,2 mln dollarni tashkil etdi.