Velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Shveysariyada professional velosportchilar o‘rtasidagi xalqaro «Track Cycling Challenge» musobaqasida ishtirok etdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Olga Zabelinskaya guruh poygalarida barcha raqiblaridan yaxshi natija ko‘rsatdi (48 ochko) va birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar mos ravishda Lidiya Boylan (46 ochko, Irlandiya) va Yelena Chekkini (44 ochko, Italiya) ga nasib qildi.

Eslatib o‘tamiz, Zabelinskaya kuzda Fransiyada o‘tkazilgan «Chrono des Nations» xalqaro musobaqasida ishtirok etib, O‘zbekiston terma jamoasiga dastlabki oltin medalini taqdim etgandi.

Ma’lumot uchun, ushbu xalqaro turnir sportchilarga Tokio 2020 Olimpiadasi uchun reyting ochkolarini taqdim etadi.