20 dekabr kuni O‘zbekiston dzyudo federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olgan asosiy masalalar tashkilotga yangi rais saylab olishdan iborat edi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Shuni inobatga olgan holda federatsiya rahbarligiga Aziz Komilov nomzodi ilgari surildi. Konferensiya ishtirokchilari taqdim etilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlashdi va shu tariqa Aziz Komilov O‘zbekiston dzyudo federatsiyasining yangi raisi lavozimiga saylandi. Jamshid Nasriddinov esa federatsiya bosh kotibi lavozimida faoliyat olib boradigan bo‘ldi.

Konferensiya davomida so‘zga chiqqan Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov yangi rahbariyat oldiga O‘zbekistonda dzyudo ommaviyligini oshirish, Tokio olimpiadasida oltin medalni taqdim etish vazifasini qo‘ydi. O‘z navbatida buning uchun Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan yetarli shart-sharoitlar yaratib berilishini ma’lum qildi.

Dzyudo federatsiyasining yangi raisi rejalari bilan tanishtirib o‘tdi.