20 dekabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qirg‘iziston Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Ibragim Djunusovni qabul qildi, deya xabar berdi TIV matbuot xizmati. U mazkur lavozimga dekabr boshida tayinlangan edi.

Ishonch yorliqlari nusxasini topshirishga bag‘ishlangan qisqa marosimdan so‘ng O‘zbekiston — Qirg‘iziston kun tartibining muhim masalalari bo‘yicha suhbat bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning ko‘p qirraliligi va jadal rivojlanayotganligi, bunda markaziy o‘rinni oliy darajadagi muntazam uchrashuvlar egallayotgani mamnuniyat bilan e’tirof etildi.

Ta’kidlanganidek, bir-birining manfaatlarini hurmat qilish va o‘zaro foydaga asoslanuvchi savdo-iqtisodiy, investitsion va mintaqalararo aloqalar davlatlararo muloqotda muhim o‘rin tutadi.