Toshkentdagi restoranlar, kafe va ishlab chiqarish korxonalarini boshqaruvchi ABNMB kompaniyalar guruhi Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan biznesni kengaytirish uchun 2 mln dollar miqdorida kredit oladi, deya xabar qildi bank vakolatxonasi «Gazeta.uz"ga.

Kredit ichimliklar, non va qandolat mahsulotlari hamda muzqaymoq ishlab chiqarishga kiritiluvchi investitsiyalarni moliyalashtirishga imkon beradi.

ABNMB poytaxtdagi Bon! Qahvaxonalari tarmog‘ini kengaytirishni ham rejalashtirmoqda, deyiladi bank xabarida.

YeTTB loyihasi doirasida ABNMB kompaniyalari guruhi non va qandolatchilik korxonalari uchun ISO 22000 standartlari joriy etiladi.

Bank eng avvalo O‘zbekiston YAIMning qariyb 50 foizini tashkil etuvchi va mamlakatdagi ishchi kuchlarining qariyb 80 foizi band bo‘lgan agrobiznes sektoridagi kichik va o‘rta kompaniyalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi, deyiladi press-relizda. Bugungi kunda YeTTB 69 ta loyiha orqali mamlakat iqtisodiyotiga 1,3 mlrd dollar investitsiya kiritdi.