O‘zbekiston Bosh prokurori o‘rinbosari Erkin Yuldashev chorshanba kuni o‘tkazilgan Xalqaro press-klub majlisida Rashitjon Qodirov, Gulnora Karimova va Abdusalom Yuldashev bilan bog‘liq jinoiy ishlar bo‘yicha izoh berdi.

«O‘zbekiston Respublikasi sobiq bosh prokurori Rashitjon Qodirovning jinoyat ishining tergov jarayoni yakunlanishi arafasida. Ushbu ish bo‘yicha batafsil ma’lumot keng ommaga yetkazilishi bo‘yicha davlat rahbari ham bir necha bor gapirib o‘tdi. Biz sud sanasi va o‘tkazilish joyi haqida ma’lumot beramiz», — dedi u. Sal oldin biz bu ish bo‘yicha 24 kishi ayblanayotganini yozgandik.

Bosh prokuror o‘rinbosari Davlat soliq qo‘mitasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Abdusalom Yuldashevning jinoiy ishi bilan bog‘liq tergov jarayoni davom etmoqda. May oyining oxirida u Farg‘onada qo‘lga olinib, Toshkentga keltirilgan edi.

Erkin Yuldashev shuningdek birinchi prezidentning qizi Gulnora Karimova ayni paytda O‘zbekistonda jazoni o‘tayotganini bildirdi. «Gulnora Karimova O‘zbekiston hududida sud tomonidan belgilangan jazoni o‘tamoqda», — dedi u.