Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda Marg‘ilon shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida fuqaro R.Yo. xonadoni tekshiruvdan o‘tkazildi. Natijada xonadonning turli qismlariga och yashil rangli o‘tkir hidli giyohvand moddalariga o‘xshash moddalar yashirilganligi aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, topilgan ashyoviy dalillar 774 gramm «marixuana» va 2 gramm «ko‘knori somoni» giyohvandlik moddasi ekanligini tasdiqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.