YAIDXPda «Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish uchun murojaat yuborish» yangi interaktiv xizmati ishga tushirildi. Bu haqda Norma.uz xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 martdagi 116-son qaroriga muvofiq, haydovchilik guvohnomalarini 2020 yilgacha almashtirish zarur. Dublikatni qanday olish, almashtirish yoki rasmiylashtirish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi 408-son qarori sharhida o‘qing.

Shuni qayd etib o‘tamizki, ayni paytda haydovchilik guvohnomalarini quyidagi Davlat xizmatlari markazlarida eksperiment tartibida almashtirish mumkin:


Mintaqa

Davlat xizmatlari markazining nomi

Toshkent shahri

Mirobod, Chilonzor, Olmazor, Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa, Shayxontohur, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlarining Davlat xizmatlari markazlari

Toshkent viloyati

Chirchiq shahar Davlat xizmatlari markazi

Namangan viloyati

Namangan shahar Davlat xizmatlari markazi

Samarqand viloyati

Samarqand shahar Davlat xizmatlari markazi

Surxondaryo viloyati

Termiz shahar Davlat xizmatlari markazi

Farg‘ona viloyati

Qo‘qon shahar Davlat xizmatlari markazi

Buxoro viloyati

Buxoro shahar Davlat xizmatlari markazi

Haydovchilik guvohnomasi doimiy propiska qilingan mintaqadagi yuqorida ko‘rsatilgan Davlat xizmatlari markazlarida almashtiriladi. U yerda haydovchilik guvohnomasi almashtirilmayotgan bo‘lsa, mazkur davlat xizmatidan foydalanish uchun DYHXX hududiy organlarining ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalariga murojaat qilish zarur.

YAIDXPdagi yangi interaktiv xizmat vaqtni ancha tejash va eski haydovchilik guvohnomalarini yangi namunalariga almashtirish uchun ariza topshirishni soddalashtirish imkonini beradi. Undan foydalanish uchun yuridik yoki jismoniy shaxs quyidagilarni amalga oshirishi zarur:

YAIDXPda zarur ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda ariza shaklini to‘ldirish;

YAIDXPda berilgan shakl bilan 7 kun ichida hujjatlarning asl nusxalari (pasport; eski haydovchilik guvohnomasi va talon) bilan Davlat xizmatlari portaliga kelish;

davlat boji — EKIHning 70 foizini to‘lash, suratga tushish va yangi haydovchilik guvohnomasini olish.