O‘zbekiston uchun ekstremizmga qarshi kurashda uning oqibatlariga qarshi kurash emas, balki profilaktika choralari ustuvor ahamiyatga ega, dedi mamlakat bosh prokurori o‘rinbosari Erkin Yuldashev. U bu haqda 19 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Xalqaro press-klub majlisida ma’lum qildi.

Bosh prokuror o‘rinbosarining ta’kidlashicha, mamlakatda odamlar sinchkovlik bilan o‘tkazilgan tergovlar natijasida huquqni muhofaza qilish organlari nazariga tushadi. «Avvaldan tasdiqlangan shablon bo‘yicha dalil-isbotlarsiz tuzilgan ekstremizm ta’siridagi shaxslar ro‘yxati mavjud emas», — deya qo‘shimcha qildi u.

«Tabiiyki, ekstremizm elementlari bo‘lgan qaysidir jinoyat ishlari birgalikda tergov qilinadi. Ammo bu ular umumiy xarakterga ega degani emas. Bizda, mamlakatimizda bunday vaziyat yo‘q», — deya ta’kidladi Erkin Yuldashev.

Dekabr avvalida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev respublikada diniy-ekstremistik tashkilotlarga a’zo bo‘lganlikda gumonlangan 20 mingdan oshiq kishi huquqni muhofaza qilish organlari ro‘yxatidan chiqarilganini ma’lum qilgan edi. Joriy yilda taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etganligi uchun qamalgan 646 kishi jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilindi.