Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida 15 dekabr kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan «Toshkent-Janubiy» vokzalida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, Surxondaryo viloyatidan Toshkent shahriga «Termiz-Toshkent» yo‘lovchi poyezdida kirib kelgan fuqaro Sh. Sh.ning yonidan 8 dona polietilen paketga qadoqlangan holda 117.87 gr. «opiy» va 33.81 gr. «gashish» giyohvandlik vositalari topilib, daliliy ashyo sifatida olindi.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.