Yanvar-noyabr oylari yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 28,664 mlrd dollarni yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17,6 foizga ko‘proqni tashkil etdi, deya xabar qildi Davlat statistika qo‘mitasi.

Eksport hajmi 3,2 foizga kamayib, 11,324 mlrd dollarni, import esa 17,34 mlrd dollargacha yoki 36,8 foizga o‘sdi. Tashqi savdo saldosi minus 6,016 mlrd dollarni tashkil etdi.

Eksport hajmida paxta tolasi ulushi keskin kamaydi. 2017 yil yanvar-noyabrda uning eksportdagi ulushi 3,4 foizni yoki 246,9 ming tonna xom ashyoni tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilning shu davrida 119,9 ming tonna eksport qildi va ulush 1,9 foizni tashkil etdi.

2018 yilning noyabr oyida eksport qilingan tovar va xizmatlar, oktabr oyiga nisbatan 97,6 mln dollarga ko‘proq eksport qilindi va 975,9 mln dollarni tashkil etdi. Tovar va xizmatlar importi hajmi esa 1,828 mlrd dollarni tashkil qilgan bo‘lib, bu esa oktyabr oyiga nisbatan 11,2 mln dollarga ko‘proqdir.

2007−2018 yillarda O‘zbekiston savdo aylanmasida AQSH ulushi 1,4 foizdan 1,2 foizga, Ukraina — 7,5 foizdan 1,4 foizga, Eron — 4,1 foizdan 0,9 foizga, Afg‘oniston — 2,3 foizdan 1,9 foizgacha, Tojikiston — 1,5 foizdan 1,2 foizgacha kamaydi. Qirg‘iziston va Turkmaniston ulushi esa 1,2 foizdan 1,3 foizgacha va 0,6 foizdan 0,9 foizgacha oshdi.

Tashqi savdodagi yirik hamkor mamlakatlar

(mln AQSH dollari)

Davlatlar
2015
2016
2017
2018
Xitoy
4302,5
3808,8
4295,1
5677,4
eksport
2182,4
1794,7
1824
2502,6
import
2120,1
2014,1
2471,1
3174,8
saldo
62,2
-219,4
-647,2
-672,2
Rossiya
4134,1
3763,9
4340,8
5094,1
eksport
1651,4
1616,9
1879
1893,3
import
2482,8
2147
2461,8
3200,8
saldo
-831,4
-530,2
-582,9
-1307,6
Qozog‘iston
2550,9
1694,7
1883,1
2610,7
eksport
1756,5
862,1
969,9
1253,3
import
794,4
832,6
913,3
1357,4
saldo
962,1
29,4
56,6
-104
Turkiya
1103
1061,6
1385,1
1930,6
eksport
710,5
619,3
785,3
810,1
import
392,5
442,3
599,8
1120,5
saldo
318,1
177,1
185,4
-310,4
Koreya Respublikasi
1601,6
916,4
1231,1
1784
eksport
138,4
151,6
92,2
83,7
import
1463,3
764,8
1132,9
1700,3
saldo
1324,9
-613,2
-1034,7
-1616,6
Germaniya
478,4
475,4
565,2
712,1
eksport
27,3
25,3
23,9
42,5
import
451,1
450,1
541,2
669,7
saldo
-423,9
-424,8
-517,3
-627

Salbiy o‘sish O‘zbekiston tashqi savdosidagi barcha yirik hamkor mamlakatlar bilan kuzatildi.

Eksport

Eksport tarkibida tovarlar asosiy o‘rinni egalladi — 75,5 foiz. Ularning 21 foizini energiya tashuvchilar va neft mahsulotlari, 9 foizini oziq-ovqat mahsulotlari, 7,3 foizini kimyo mahsulotlari va ulardan tayyorlangan buyumlar tashkil etdi.

Oziq-ovqat mahsulotlari eksporti 343 mln dollarga (43,5 foizga), sabzavotlar — 282,3 mln (45,6 foiz), qalampir — 9,9 mln (62,3 foiz), to‘qimachilik mahsulotlari — 1178,4 mln (15,3 foiz), tabiiy gaz — 2156,1 mln (64,1 foiz), elektr energiyasi — 151,2 mln (16,5 foiz) dollarga o‘sdi.

Yengil avtomobillar eksporti 29,3 mln dollar (-75,3 foiz), bug‘doy — 20,5 mln (-56,7 foiz), teri xom ashyosi, teri va mo‘yna hamda ulardan tayyorlangan mahsulotlari — 69,9 mln (-22,8 foiz) dollargacha pasaydi.

Meva-sabzavot mahsulotlari hajmi 1133,5 ming tonnaga yetib, o‘sish 37,5 foizni yoki 815 mln dollargachani tashkil etdi. Meva-sabzavotlar eksporti tuzilmasida xo‘l meva va rezavorlar — 343 mln dollar, sabzavotlar — 282,3 mln, uzum — 163,7 mln, yeryong‘oq — 20 mln, qovun va tarvuz — 5,9 mln dollardan iborat bo‘ldi.

O‘zbek meva-sabzavotlari eksportining qariyb yarmi Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri keldi — 49 foiz yoki 552,1 ming tonna. So‘ngra Rossiya — 19,8 foiz yoki 224,9 ming tonna, Qirg‘iziston — 7,3 foiz yoki 83 ming tonna, Afg‘oniston — 6 foiz yoki 67,6 ming tonnani tashkil etdi.

Import

Import tuzilmasida mashina va uskunalar (41,9 foiz), kimyo mahsulotlari va ulardan tayyorlangan buyumlar (13,2 foiz) hamda oziq-ovqat mahsulotlari (8,2 foiz) asosiy o‘rinni band etdi.

O‘zbekiston 291 mln dollarlik shakar, 237,9 mln dollarlik bug‘doy (o‘tgan yilga nisbatan 48,6 foizga ko‘proq), 98,4 mln dollarlik un (11,9 foiz), farmatsevtika mahsulotlari — 774,9 (2,5%), hayvonlar uchun tayyor yem — 114,7 mln (49,9%),kartoshka — 40,5 mln (41,1%), go‘sht va oziq-ovqat submahsulotlari — 15,8% mln (46,3%), sitrus mevalar — 19,7 mln (18%) import qildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston 242,8 mln dollarga yengil avtomobillar (o‘sish — 81,3 foiz), neft mahsulotlari — 449,1 mln (-3,9%), neft xom ashyosi — 230,9 mln (110%), elektr energiyasi — 45,8 mln (100%), avtomobillar uchun ehtiyot qismlar va uskunalar — 796,9 mln (18,9%) dollarga import qildi.

Import hajmining kesikin ortishiga ekskavator buldozerlar — 266,7 mln (170%), to‘qimachilik tolasini qayta ishlash uchun mashinalar — 501,6 mln (120%), mineral va kimyoviy o‘g‘itlar — 13,7 mln (140%), yuk avtomobillari — 387,4 mln (180%), sement — 160,1 mln (680%) dollarga xarid qilingani sabab bo‘ldi.

Yanvar-noyabr oylarida respublikaga 159 mamlakatdan tovarlar va xizmatlar import qilindi. Beshta asosiy hamkor mamlakat (Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Qozog‘iston va Turkiya) importda 60,9 foizlik ulushga egalik qilib, uning qiymati 10,553 mlrd dollarni tashkil etdi.