2019−2020 yillarda suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan hududlardagi aholi tomorqalariga suv yetkazib berish uchun sug‘orish quduqlarini qazishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi, deya xabar qildi Adliya vazirligi Telegram-kanali.

Qaror bilan 2019−2020 yillarda suv ta’minoti og‘ir, iste’molga yaroqli suv zaxiralari yetarli bo‘lgan mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlaridagi aholi tomorqalariga suv yetkazib berish maqsadida sug‘orish quduqlarini qazish dasturi va uni amalga oshirish uchun O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga ajratiladigan imtiyozli kredit resurslari tasdiqlandi.

Dastur doirasida jami 85 ta tumanda 40 mlrd. so‘m, shundan:

2019 yilda — 23 mlrd. 173 mln. 100 ming;

2020 yilda — 16 mlrd. 826 mln. 900 ming so‘m miqdorida kredit ajratilishi nazarda tutilgan.