«Manchester Yunayted» rahbariyati qoniqarsiz natijalar sababli klub bosh murabbiyi Joze Mourinoni iste’foga chiqardi. Bu haqda klub rasmiy sayti orqali xabar berildi.

Klub «Manchester Yunayted"da amalga oshirgan ishlari uchun Joze Mourinoga minnatdorlik bildirdi va uning kelgusi ishlariga omad tiladi.

Yangi murabbiy mavsum oxiriga qadar bo‘lgan muddatga tayinlanadi. Bu vaqt davomida klub to‘laqonli bosh murabbiyni tanlash ishlarini amalga oshiradi.