Yil boshidan buyon dunyoda kasbiy faoliyati sababli 80 jurnalist hayotdan ko‘z yumdi. Ularning 63 nafari — professional jurnalistlar, 13 nafari — fuqarolik jurnalistlari va 4 nafari — tahririyatlar xodimlaridir, deyiladi «Chegarasiz reportyorlar» xalqaro tashkiloti hisobotida.

Eng ko‘p Afg‘onistonda — 15, Suriyada — 11, Meksikada — 9, Yamanda — 8, AQSH va Hindistonda 6 nafardan jurnalist hayotdan ko‘z yumgan.

Hisobotda tahlilchi Jamol Qoshiqchi, slovakiyalik reportyor Yan Kutsyak hamda MARda halok bo‘lgan uch rossiyalik jurnalist — Kirill Radchenko, Orxan Jemal va Aleksandr Rastorguyev esga olib o‘tilgan.

Bundan tashqari, 348 nafar OAV vakili kasbiy faoliyat munosabati bilan hibsga olingan. Jurnalistlar eng ko‘p qamalgan davlatlar orasida Xitoy — 60 kishi, Misr — 38 kishi, Turkiya — 33 kishi, Eron — 28 kishi va Saudiya Arabistoni — 28 kishi sanab o‘tiladi.

Yana 60 nafar OAV vakili kasbiy faoliyat sababli asirda saqlayotgan bo‘lsa, uch nafari bedarak yo‘qolgan.