Yangi yil bayrami munosabati bilan «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi va «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati joriy yilning 30 dekabridan 2019 yilning 3 yanvariga qadar barcha ichki reyslarga hamda «Afrosiyob» poyezdlari chiptalariga chegirmalar e’lon qildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Belgilangan dam olish kunlarida O‘zbekistondagi 123 ta mehmonxona, 54 ta transport tashkiloti, 90 ta umumiy ovqatlanish joylari va restoranlarda ham chegirmalar joriy etildi.