Ijtimoiy tarmoqlarda ancha faolligi bilan ajralib turuvchi Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov turdimov.uz saytini tashkil etdi. Bu haqda «Zarafshon» gazetasi saytida xabar berildi.

Shu yilning iyul oyida Samarqand viloyatiga rahbar bo‘lib kelgan Erkinjon Turdimov aholi bilan bevosita muloqot qilish maqsadida telegram messenjeri orqali murojaatlarni qabul qilishni boshlagan edi. Dekabr oyigacha telegram orqali 3200 ga yaqin murojaat kelib tushib, ularning aksariyati o‘z vaqtida yechim topgan.

Shuningdek, viloyat televideniyesida hokimlar va ularning o‘rinbosarlari, viloyatdagi boshqarma va idoralar rahbarlarining xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlarini yo‘lga qo‘ydi. Ushbu ko‘rsatuvlar bir vaqtning o‘zida viloyat hokimining feysbukdagi sahifasida namoyish etib borilmoqda.

Xabarda aytilishicha, turdimov.uz saytida Samarqand viloyatidagi yangiliklarni yoritish, xalq fikrining berib borishga alohida e’tibor qaratiladi.