Bugun kechasi va ertaga kunning birinchi yarmida O‘zbekistonga G‘arbiy Qozog‘iston orqali Volgabo‘yi hududlaridan nam va salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, deyiladi «O‘zgidromet"ning «Gazeta.uz"ga bergan ma’lumotida.

Bugun respublikada yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatining ba’zi joylarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Havo harorati +3…+8 daraja iliqni, shimolda −3…+2 iliqni tashkil etadi.

Seshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlar kechasi va kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Harorat kechasi −3…+2 iliq, kunduzi +3…+8 iliq bo‘ldi.

19−20 dekabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi, tog‘ hududlarda qor yog‘adi, 18−19 dekabrda kuchli bo‘lishi mumkin. 18−19 dekabrda shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati shu davrda kechasi −3…+2 iliqni tashkil etadi, kunduzi 0…+5 iliqqacha biroz pasayadi.

21 dekabrda quruq va kam bulutli ob-havo o‘rnashadi.

22 dekabrda Turkmaniston orqali Kaspiy dengizi hududlaridan yana nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0…-5 sovuq, kunduzi 0…+5 iliq bo‘ladi.