Shayxontohur tumanida diniy ekstremistik oqimiga aloqador bo‘lib, maxsus ro‘yxatga olingan, uzoq muddatga xorijga chiqib ketgan shaxslar va ularning oila a’zolari bilan suhbat tashkil etildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat davomida turli maxsus ro‘yxatlarga olingan 648 nafar shaxs ro‘yxatdan chiqarildi.

Prezidentning afvi tufayli jazo muddatini o‘tayotgan 59 nafar, qidiruvda va xorijga chiqib ketgan 2 nafar shaxs o‘z oilasi bag‘riga qaytdi. Hokimlik, mahalla faollari va mutasaddi idoralar hamkorligida ularning ishga joylashtirish, salomatligini tiklash, yosh bo‘yicha pensiya belgilash, uy-joy bilan bog‘liq masalalarini hal etishda ko‘mak bermoqda.