Toshkentdagi Beshyog‘och ko‘chasining Furqat ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasigacha bo‘lgan qismi «Humo Arena» muz saroyi qurilishi munosabati bilan 17 dekabrdan 2019 yil 1 martga qadar transport vositalari harakati uchun yopiladi, deya xabar qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.

Cheklov qurilishda ishtirok etuvchi transport vositalari va texnikalari uchun taalluqli emas.

Muz saroyi qurilishi o‘tgan yil fevralida boshlangan edi. Bu yerda xokkey, figurali uchish, short-trek, kyorling mashg‘ulotlarini o‘tkazish, basketbol, voleybol, futzal, kurash, boks, qilichbozlik, taekvondo va boshqa sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkillashtirish uchun sharoitlar yaratiladi.