O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 dekabr — Qozog‘iston Respublikasi Mustaqilligi kuni bilan prezident Nursulton Nazarboyevni tabrikladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

16 dekabr Qozog‘istonning asosiy milliy bayrami bo‘lib, mamlakatda 16 va 17 dekabr dam olish kunlari hisoblanadi.

1991 yil 16 dekabr kuni Qozog‘iston Oliy Kengashi Qozog‘iston mustaqilligi va davlat suvereniteti to‘g‘risidagi qonunni qabul qilgan.