O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 15−29 dekabr kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha milliy terma jamoa a’zolari tibbiy tekshiruvdan o‘tishdi. Terma jamoa shifokori Abror Pirriyevning ma’lum qilishicha, barcha futbolchilarning sog‘lig‘i joyida. Jarohati bezovta qilayotganlar yo‘q.

Bugun Ektor Kuper boshchiligidagi milliy terma jamoa a’zolari erta tongda Toshkent — Istambul — Antaliya yo‘nalishida Turkiyaga jo‘nab ketishdi.

Turkiyaga yo‘l olgan futbolchilar ro‘yxati:

Darvozabonlar: Ignatiy Nesterov («Lokomotiv»), O‘tkir Yusupov («Qo‘qon-1912»), Sanjar Quvvatov («Nasaf»), Javohir Ilyosov («Metallurg»).

Himoyachilar: Yegor Krimets («Paxtakor»), Anzur Ismoilov («Lokomotiv»), Doston Tursunov («Neftchi»), Islom To‘xtaxo‘jayev («Lokomotiv»), Oleg Zoteyev («Lokomotiv»), Farrux Sayfiyev («Paxtakor»), Akmal Shorahmedov («Paxtakor»), Davron Hoshimov («Navbahor»).

Yarimhimoyachilar: Odil Hamrobekov («Nasaf»), Odil Ahmedov («Shanxay SIPG», Xitoy), Otabek Shukurov («Sharja», BAA), Dilshod Rahmatullayev («Paxtakor»), Fozil Musayev («Jubilo Ivata», Yaponiya), Jaloliddin Masharipov («Paxtakor»), Aziz Turg‘unbayev («Navbahor»), Doston Hamdamov («Anji», Rossiya), Jasur Yaxshiboyev («Paxtakor»), Javohir Sidiqov («Qo‘qon-1912»), Ikrom Aliboyev («Lokomotiv»), Eldor Shomurodov («Rostov», Rossiya).

Hujumchilar: Marat Bikmayev («Lokomotiv»), Sardor Rashidov («Lokomotiv»),Ivan Nagayev («Qizilqum»).

Futbolchilar 29 dekabrga qadar Turkiyada yig‘in o‘tkazib, keyin Toshkentga qaytib kelishadi. 3 kundan keyin esa Osiyo kubogida ishtirok etish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga jo‘nab ketishadi.