«O‘zbekiston GTL» loyiha kompaniyasi va «O‘zbekneftgaz» shanba kuni Toshkentda Uzbekistan GTL loyihasini amalga oshirish uchun 2,3 dollarlik moliyaviy hujjatlarni imzoladi.Tadbirda Xitoy davlat rivojlanish banki, Koreya Eksport-import banki (KEXIM), Koreya savdo sug‘urta korporatsiyasi K-SURE, «Gazprombank», Rossiya eksport kreditlari va investitsiyalar sug‘urtasi bo‘yicha agentligi (EKSAR), Credit Suisse banki, Yaponiyaning MUFG, SMBC va Mizuho banklari vakillari, shuningdek, xalqaro konsultantlar, Xitoy, Rossiya, Janubiy Koreya elchixonalari vakillari, «O‘zbekneftgaz», vazirlik va mahkamalar, O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi rahbariyati, bosh pudratchi vakillari va boshqalar ishtirok etdi.

O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda 11 xorijlik kreditor.

«Gazeta.uz"ga ma’lum bo‘lishicha, 1 mlrd dollardan ziyodroq mablag‘ni Xitoy, 600 mln dollardan ortiqrog‘ini — Janubiy Koreya va 700 mln dollarga yaqinini qolgan kreditorlar ajratmoqda.

«GTL loyihasi o‘z miqyosi bo‘yicha nafaqat O‘zbekiston, balki mintaqadagi eng yirik investitsion loyihalardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston prezidentining qurilish maydonchasiga ikkinchi marta tashrif buyurib, uning amalga oshirilishi jarayoni bilan shaxsan tanishgani ham loyihaning strategik ahamiyati to‘g‘risida guvohlik beradi», — dedi «O‘zbekneftgaz» rahbari Bahrom Ashrafxonov.

Hyundai Engineering ma’lumotlariga ko‘ra, zavod qurilishi qariyb 23 foizga bitgan.

«O‘zbekneftgaz» boshqaruvi raisining ma’lum qilishicha, EPC-shartnomasining umumiy protsessi 65 foizgachani tashkil etadi. Bosh pudratchi — Hyundai Engineering (Koreya Respublikasi), Hyundai Engineering and Construction va Enter Engineering (Singapur).

Qashqadaryo viloyatidagi zavod qurilish maydonida qurilish ishlari davom etmoqda, bu yerda 500 nafardan ziyod ishchilar va mutaxassislar, jumladan xorijliklar faoliyat olib bormoqda. 500 ga yaqin texnika jalb qilingan.

Koreys bosh pudratchisi o‘z majburiyatini 84,5 foizga bajarganini ma’lum qildi.

GTL (gas to liquids yoki gazdan suyuqlik olish) texnologiyasiga asoslangan bu kabi yuqori texnologiyali ishlab chiqarish dunyoda kam sonli, dedi «O‘zbekneftgaz» raisi. Zavod mahsulotlari O‘zbekistonga xorijdan neft xarid qilish uchun sarflanayotgan 1 mlrd dollardan ziyod mablag‘ni tejash imkonini berishi kutilmoqda.

Loyiha qiymati 3,6 mlrd dollarni tashkil etadi. Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanidagi zavod 2020 yilda ishga tushirilganidan so‘ng 3,6 mlrd kub metr gaz qayta ishlanib, 1,5 mln tonna «Yevro-5» standartidagi sintetik suyuq yoqilg‘i, jumladan 311 ming tonna aviakerosin, 742 ming tonna dizel yoqilg‘isi, 431 ming tonna naft va 53 ming tonna suyultirilgan gaz olish yo‘lga qo‘yiladi.