O‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev Rossiyaning Krasnodar shahrida navbatdagi jangini o‘tkazdi, deya xabar qildi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Mazkur bahsda o‘zbekistonlik bokschiga argentinalik Nazareno Gaston Ruiz raqiblik qildi. Jang muddatidan oldin yakunlandi. Bahsni ketma-ket zarbalar bilan boshlagan Shohjahon Ergashev 18-soniyadayoq raqibini nokaut holatiga tushirdi.

Bu Shohjahon uchun professional ringdagi 16-jang bo‘ldi. Ergashev ularning barchasida g‘alaba qozongan. Bahslarning 15 tasida u raqiblarini muddatidan oldin mag‘lub etgan. Ruizning o‘tkazgan janglari soni 50 taga yetdi. Argentinalik bokschi ularning 32 tasiga g‘alaba qozongan (11 ta nokaut). 18 marotaba imkoniyatni boy bergan (3 ta nokaut).