«Gazeta.uz» va Zira.uz pazandachilik sahifasi bilan hamkorlikda Yangi yil dasturxoniga tayyorlasa bo‘ladigan salatlar va gazaklar jamlanmasini taqdim etadi.

Go‘sht va olxo‘rili salat

Chiroyli, to‘yimli va shu bilan birga juda mazali bu salatyangi yil bayrami dasturxoningizdan alohida o‘rin egallashiga hech shubha yo‘q. Go‘sht va olxo‘rini noananaviy uyg‘unlashtirishdan hosil bo‘lgan ta’m esa esa yoshu qariga birdek yoqishi aniq.

Qizil baliqdan gazak (brusketta)

Brusketta-qovurilgan non bo‘laklari bo‘lib, ustiga har xil asoslar qo‘yiluvchi, tayyorlanishi oddiy, o‘zi juda mazali bo‘lgan gazak sanaladi. Sizlarga bugun ajoyib ta’mli qizil baliqdan tayyorlaniladigan turini taklif qilamiz. Qizil baliq sifatida lasos yoki rangdor gulmohi (forel)dan foydalanishingiz mumkin.

Cho‘pchalarda terilgan «seld balig‘idan shuba» gazagi

Yangi yilning sevimli salati bo‘lmish «seld balig‘idan shuba» ga yangicha ko‘rinish baxsh etdik, ya’ni endi u dasturxonga salat sifatida emas, balki gazaksifatida tortiladi. Ular bayram dasturxoningizni bezashi aniq! Hammaga odatiy bo‘lgan bu salatni noan’anaviy tarzdagi ko‘rinishi bizni bu yegulikka boshqacha ko‘z bilan qarashga majbur etdi.

«Seld balig‘idan shuba» verrinlari

Verrinlar deb stakanlarga solib tortiladigan salatlarga aytiladi. Ular chiroyli ko‘rinishi bilan bir qatorda, dasturxonga tortishda ham juda qulaydir. Bu salatni tortish uchun katta va kengroq stakanlar juda qulay bo‘lib, ularni to‘ldirish ham bo‘shatish ham juda oson. Did bilan sabzavotlar terib chiqilsa, hatto oddiy sharbat uchun mo‘ljallangan idishda ham salatiмизo‘zgaча joziba baxsh etadi.

Avokado va qizil ikradan muss

Avokado va qizil ikradan tayyorlangan mayin mussbayram stolingizning haqiqiy ko‘rkiga aylansa ajab emas. Bu gazakni tayyorlashning yana bir ijobiy tomoni, unga ko‘pi bilan 10 daqiqa sarflashingizdadir. Biz bugun tayyorlaydigan mussni hajmi 60 ml li fujerga tortamiz, siz esa o‘z xohishingizga qarab istagan idish tanlashingiz mumkin.

Konservalangan makkajo‘xori va kolbasali salat

Bu salatni tayyorlash shu darajada osonki, bunday salatdan tayyorlash hatto bolalarning ham qo‘lidan keladi. Shunga qaramasdan, u juda mazali va ajoyib ta’mda chiqadi.
Bu salatбўш vaqti kam bo‘lgan ayollarimiz uchun haqiqiy topilmadir. Shuningdek bu mazali salatni yangi yil dasturxoniga tayyorlashni tavsiya qilib qolamiz.

Batafsil fotoretsept: «Karqur uyasi» salati

Qanday yeguliklar tayyorlab, bayram dasturxonini bezatishni bilmasangiz, unda bu salatрецепти aynan siz uchun. Usti qovurilgan kartoshka bilan yashiringan bu salat juda to‘yimli va mazalidir. Ustidagi «tuxum"larini ham bemalol iste’mol qilish mumkin.

Dudlangan lasos balig‘i va avokadodan tayyorlangan salat

Noodatiy ta’m va ko‘rinishdagi salatlardan tayyorlab, yaqinlaringizni lol qoldirishni istovchi pazandalarimizga bu salat juda yoqadi. Bunga solinadigan masalliqlar avokado va lasos balig‘i nafaqat mazali, balki juda foydali ham hisoblanadi.

Bundan-da ko‘proq retseptlar Zira.uz internet sahifasida.

Facebook: fb.com/zirauz

Instagram: @zirauz

O‘zbek tilidagi Telegram kanal: t.me/zirauzuz

Rus tilidagi Telegram kanal t.me/zirauz

Telegramdagi guruh: t.me/zirauz_chat

Tahririyat telefon raqami: (+99899) 837−15−15