Prezidentning 2018 yil 12 dekabrdagi PQ-4060-son qarori bilan huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimiga «Xavfsiz xonadon» konsepsiyasini joriy etish ma’qullandi. Bu haqda Norma.uz xabar berdi.

Avvalgi materiallarimizdan birida biz mazkur qaror loyihasi to‘g‘risida batafsil so‘z yuritgan edik. Hujjat ayrim o‘zgartirishlar bilan qabul qilindi.

1. Texnik qo‘riqlash va harakatlanish punktlariga xabarni uzatish va markazlashgan kuzatuvning avtomatlashtirilgan tizimini bosqichma-bosqich joriy etishga ko‘proq vaqt berildi. Endi uni tugallash 2022 yilning 1 yanvariga emas, balki 2022 yilning 31 dekabriga rejalashtirilmoqda.

2. Tasdiqlangan hujjatda dam olish va umumiy ovqatlanish joylari, turizm ob’ektlari va savdo-ko‘ngilochar muassasalarda ichki ishlar organlarining jamoat tartibini muhofaza qilish va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida xizmatlar ko‘rsatishi to‘g‘risida shartnomalar tuzish amaliyotini joriy etish ko‘zlangan norma mavjud emas.

3. Qo‘riqlash bosh boshqarmasining matbuot bo‘limida 3 nafar emas, balki 5 nafar mutaxassis ishlaydi. Bu barpo etilayotgan tizimni targ‘ib va ommabop qilishga yordam beradi.

Mohiyati o‘zgartirilmagan holda boshqa normalar formulirovkasiga tuzatishlar kiritildi.

Eslatib o‘tamiz, qo‘riqlash xizmati xizmatlaridan foydalanuvchilar uchun qulay bo‘lishi uchun:

IIO qo‘riqlash xizmati mutaxassislarini chaqirishning qisqa raqami tashkil etiladi;

texnik qo‘riqlash va harakatlanish punktlariga ulanish uchun onlayn ariza rasmiylashtirish tartibi kiritiladi.