Toshkentdagi «O‘zekspomarkaz"da 2018 yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Marosimda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, Professional futbol ligasi mutasaddilari, viloyat futbol assotsiatsiyalari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashishdi.

Unga ko‘ra 2018 yilning eng yaxshilari quyidagilar bo‘ldi:

Eng yaxshi futzalchi — Jamoliddin Sharipov (AGMK);

Yilning eng yaxshi darvozaboni — Eldor Suyunov («Paxtakor»);

Yilning eng chiroyli goli muallifi — Sherzod Hakimov («Neftchi»);

Yilning eng yaxshi futbolchisi — Tiago Bezerra («Paxtakor»);

Yilning eng yaxshi murabbiyi — Andrey Fyodorov («Lokomotiv»);

Mavsum-2018 to‘purari — Tiago Bezerra (17 ta gol);

Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi — Nilufar Qudratova («Sevinch»);

Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi — Oston O‘runov («Navbahor»);

Fair play mukofoti — «Nasaf»;

Eng yaxshi marketing xizmati — «Navbahor»;

Eng yaxshi matbuot xizmati — «Nasaf»;

Eng barqaror muxlislar jamoasi — «Navbahor».