Oliy Majlis Senati yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Ushbu masala yuzasidan so‘zga chiqqan Oliy sud raisi Kozimjon Komilov Oliy sud sudyaligiga nomzodlar bilan tanishtirdi.

Nodira Boboxonova, Abduvohid Qosimov, Tal’atjon Meliboyev va Baxbergan Ubaydullayev 10 yil muddatga Oliy sud sudyalari etib saylandi.

Ikrom Muslimov muddatsiz davrga Oliy sud sudyasi etib saylandi.