Boku shahrida o‘tkazilgan Xalqaro matematika, kimyo va fizika fanlari bo‘yicha (integratsiyalashgan) olimpiadada o‘zbekistonlik o‘quvchilar umumjamoa hisobida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 10−13 dekabr kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida matematika, fizika va kimyo fanlari bo‘yicha 16 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida «Iste’dodlilarni tayyorlash labaratoriyasi» II xalqaro bolalar olimpiadasida Buxoro viloyati Qorako‘l tumani 1-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Doniyor Ismoilov va Sevara Ostonova hamda 8-sinf o‘quvchisi Lazizbek Rajabboyev ishtirok etdi.

«Iste’dodlilarni tayyorlash labaratoriyasi» II xalqaro bolalar olimpiadasida12 ta davlatdan 112 nafar o‘quvchilar qatnashdi.

Mazkur xalqaro olimpiadada o‘quvchilar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi ko‘magida ishtirok etishdi. Ushbu olimpiadada o‘zbekistonlik matematika va fizika fanlaridan g‘oliblikni qo‘lga kiritib umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladilar.