O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, qiziqchi Obid Asomov 56 yoshda vafot etdi. Bu haqda «Gazeta.uz"ga Sog‘liqni saqlash va Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Seshanba kuni Obid Asomov 1-klinik shifoxonaga «Yurakda ishemik og‘riq, o‘tkir xuruj, aritmik shok» tashxisi bilan yotqizilgan edi. Tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramay, aktyor juma kuni soat 17:30 da vafot etdi.

Obid A’zamovich Asomov 1963 yilda Toshkentda tug‘ilgan. Beknkov nomidagi rassomchilik texnikumini tamomladi. Kelasi yil Toshkent teatr institutining rassomchilik bo‘limiga o‘qishga qabul qilingan. Biroq tahsilni yakuniga yetkazmagan.

2000-yillarning oxirida «Krivoye zerkalo» teleshousida chiqishlar qilgan.

2018 yilning 24 may sanasida «O‘zbekfilm» qoshidagi «Multiplikatsion filmlar studiyasi"ga direktor etib tayinlangandi.

U «Sherali va Oybarchin» (1989), «Temir odam» (1991), «Jungli qonunlari bo‘yicha» (1991), «Dev bilan pakana» (2003), «Mahallada duv-duv gap 2» (2006) va boshqa filmlarda suratga tushgan.