Yanvar-noyabrda O‘zbekistonda jinoyatlar soni 2017 yilning xuddi shu davriga nisbatan 22974 taga yoki 34,9 foizga kamaydi, deya xabar qildi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Davron Nazarmuhammedov Oliy Majlis Senatining 17-yalpi majlisidagi hisobotida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, huquqbuzarliklar soni 42784 tani (o‘tgan yilning xuddi shu davrida 65758 ta) tashkil etdi. Jumladan:

  • qotillik — 96 ta yoki 19,3 foizga (496 tadan 400 tagacha), ularning 150 tasi yoki 37,5 foizi oilalarda yoki tanishlar o‘rtasida sodir bo‘ldi;
  • tanaga og‘ir jarohat yetkazish — 210 taga yoki 16,8 foizga (1247 tadan 1037 taga), ularning 192 tasi yoki 18,5 foizi — oilalarda yoki tanishlar o‘rtasida sodir bo‘ldi;
  • bezorilik — 700 taga yoki 45 foizga (1553 tadan 853 taga);
  • oilada tanaga jarohat yetkazish ilan bog‘iq jinoyatlar — 1672 taga yoki 34,4 foizga (4825 tadan 3153 taga);
  • bosqinchilik — 155 taga yoki 49,5 fizga (313 tadan 158 taga);
  • o‘g‘irlik — 432 taga yoki 56,4 foizga (765 tadan 333 taga);
  • firibgarlik — 3079 taga yoki 35,7 foizga (8617 tadan 5538 taga);
  • o‘g‘irlik — 4559 taga yoki 39,7 foizga (11480 tadan 6921 taga);
  • avtomobillarni o‘g‘irlash — 58 taga yoki 28,5 foizga (203 tadan 145 taga) kamaydi.

Vazirning birinchi o‘rinbosari 2018 yilda 9015 ta mahallaning 2520 tasida (27,9 foizida) birorta ham jinoyat sodir etilmaganini, biroq 1546 tasida yoki 17,1 foiz mahallada huquqbuzarliklar soni ortganini ta’kidlab o‘tdi.

11 oy davomida 6015 nafar ayol ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ular tomonidan sodir etilgan qotilliklar soni Farg‘onada (5 tadan 8 taga), Toshkentda (6 tadan 7 taga), Navoiy va Qoraqalpog‘istonda (1 tadan 2 taga), tanaga og‘ir jarohatlar yetkazish — Toshkentda (20 tadan 21 taga), Surxondaryo viloyatida (6 tadan 7 taga), Qoraqalpog‘istonda (0 tadan 2 taga), Xorazmda (1 tadan 2 taga), Namanganda (21 tadan 27 taga), o‘g‘irlik — Samarqandda (1 tadan 3 taga) va Buxoro viloyatida (0 tadan 1 taga) oshgani ma’lum qilindi.

Sodir etilgan jinoyatlarda yoshlar ulushi 28,9 foizni (42784 tadan 12388 tasi) tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich Farg‘ona (35,9 foiz), Qashqadaryo (33,2 foiz), Samarqand va Navoiyda (31,1 foiz) va Namangan viloyatida (29,6 foiz) yuqoriligicha qolmoqda.

Yoshlar o‘rtasida jinoyat sodir etilishiga asosiy sabab sifatida ishsizlik aytib o‘tildi.

Huquqbuzarlik sodir etgan 4161 nafar yosh (27,7 foiz) o‘qimaydi va ishlamaydi. 814 nafar o‘quvchining 58,1 foizini (473) kollej o‘quvchilari tashkil etdi.

Davron Nazarmuhamedov.

11 oy mobaynida 6887 xodim (95,6 mingdan ortiq xodimning 7,2 foizi) xizmat intizomini buzgan, 155 tasi (0,1%) jinoiy va 1283 tasi (1,3%) ma’muriy javobgarlikka tortilgan. 1700 nafar profilaktika inspektori (24,6%), 829 nafar YHXX xodimi (12%) va 743 nafar rahbar xodim (10,8%) xizmat intizomini buzgan, deya xabar qildi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari.

Yo‘l-transport hodisalari soni 882 ta yoki 9,8 foizga (8959 dan 8077 ga), yo‘lda halok bo‘lganlar 182 yoki 8,1 foizga (2248 dan 2066 gacha), jarohatlanganlar soni 1039 nafarga yoki 12,1 foizga (8603 dan 7564 gacha) kamaygan.

Planshetlar orqali fuqarolar shaxsini aniqlash bo‘yicha tajriba loyihasi doirasida Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan 1255 nafar profilaktika inspektori va 600 nafar jinoiy qidiruv xodimlariga 1,725 ta qurilma taqdim etildi.

Davlat xizmatlari markazlari orqali 724111 ta yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalari berildi. Onlayn auksionlarda 18718 ta davlat avtotransport raqami 95,466 mlrd so‘mga sotildi.

1 sentyabrdan avtomobillar oynasini qoraytirish (tonirovka) xizmatlarini taqdim etish orqali davlat byudjetiga 6,9 mlrd so‘m kelib tushdi. Ushbu mablag‘larning 10 foizi IIO xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltirildi.

O‘tgan davr mobaynida yong‘inlar 680 taga yoki 27 foizga (11360 tadan 10680 taga), ularda halok bo‘lganlar 27 taga (133 tadan 106 taga), jabrlanganlar — 49 nafarga (358 nafardan 309 nafarga) kamaydi.

Mamlakat bo‘ylab 134 ta postning 74 tasi olib tashlandi. Ularning 31 tasi — statsionar YPX postlari, 19 tasi — PPX blokposti, 25 tasi — PPX to‘siq-postidan iborat edi. Deya qayd etdi Davron Nazarmuhamedov.