Navoiy xalqaro aeroportiga uchib kelgan fuqaro A.R. bojxona nazoratining «yashil» yo‘lagidan harakatlanib kelayotganda bojxona xodimi tomonidan unga tegishli bo‘lgan qo‘l yuki va bagajlari xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Natijada A.R. tomonidan bojxona organining og‘zaki so‘rovi vaqtida ma’lum qilinmagan va olib kirishning belgilangan me’yorlaridan ortiqcha bo‘lgan qiymati 40 million so‘mdan ortiq 119 turdagi sifati kafolatlanmagan dori vositalari O‘zbekiston hududiga noqonuniy ravishda olib kirilayotganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.