Joriy yilning 4 dekabr kuni Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida yashovchi I.Yu. mast holda uyida birga yashagan onasi pensioner K.A.ning bosh va yuz qismlariga urib-tepib jarohat yetkazgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada K.A. kasalxonaga yotqizilgan hamda ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 10 dekabr kuni shu yerda vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.