O‘zbekiston Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotidan «malyariyadan xoli» ekanini tasdiqlovchi rasmiy sertifikatni oldi. BMTda mazkur g‘alaba «ajoyib natija» sifatida baholandi, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

XIX asrning oxirida O‘zbekiston poytaxtining o‘zida va uning atrofida deyarli 40 ming kishi malyaridan vafot etgan. 1943 yilda esa aholining 10 foizi malyariyadan aziyat chekkan. Urushdan keyin hukumat bu kasallik bilan faol kurashishni boshladi va muvaffaqiyatga erishdi ham. Ammo 1960 yiga kelib bu harakatlar yo‘qqa chiqdi, deyiladi xabarda.

Malyariyaga qarshi kurashishda O‘zbekistonga VICH/OITS, sil va malyariyaga qarshi kurashuvchi Global fond hamda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yordam berdi.

2010 yilda Turkmanistonda malyariya butunlay tugatildi, kelasi yilda esa Armanistonda. 2016 yilga kelib ular orasiga Qirg‘iziston ham qo‘shildi. Biroq katta masshtabda qaralsa, yutuq u qadar ko‘p emas. Global fondning ijrochi direktori Piter Sandsning aytishiga qaraganda, har ikki daqiqada butun dunyoda bir bola malyariyadan vafot etmoqda. Ba’zi davlatlarda vaziyat o‘nglanayotgan bo‘lsa, boshqalarida malyariya kuchayib bormoqda va dori vositalariga bo‘lgan chidamliliga kuchayib bormoqda.