Fransiya taraqqiyot agentligi (FAR) O‘zbekistonga iqtisodiy boshqaruvni yaxshilash dasturini amalga oshirishga 150 mln yevro miqdoridagi zayomni ajratdi. Zayom kelishuvi 12 dekabr kuni Moliya vazirligida bo‘lib o‘tdi, deya xabar qildi Moliya vazirligi matbuot xizmati.

Loyiha Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda ishlab chiqildi. Mazkur loyiha O‘zbekistonda ish o‘rinlarini yaratish hamda hududlardagi ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini byudjetdan moliyalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha manbalar bilan ta’minlaydi.

Zayom 20 yil muddatga taqdim etilib, uning 6 yili imtiyozli davr hisoblanadi.

FAR — davlat moliya instituti bo‘lib, Fransiya hukumati belgilab beruvchi rivojlanish siyosatini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.