Turkiya poytaxti Anqadara tezyurar poyezd ishtirokida to‘qnashuv yuz berdi. Turkiya transport vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, mazkur poyezd manyovr bajarayotgan lokomotiv bilan to‘qnashib ketgan. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Yuz bergan to‘qnashuv natijasida poyezdning ikki vagoni ham relsdan chiqib ketgan. To‘qnashuv natijasida eng kamida 20 kishi jarohat olgani haqima ma’lumot berildi. Ularga tibbiyot xodimlari yordam ko‘rsatmoqda.

Mazkur poyezd Anqaradan Konya shahriga yo‘lga chiqqan bo‘lgan.