11 dekabr kuni AQSH davlat kotibi Mak Pompeo O‘zbekistonni diniy erkinlik buzilgani munosabati bilan «ortiq darajadagi xavotirlarni uyg‘otuvchi» (CPC) mamlakatlar ro‘yxatidan chiqarganini rasman ma’lum qildi.

«Mazkur qaror kutilgan tamoman kutilgan edi, chunki O‘zbekiston hayotning barcha jabhalariga taalluqli islohotlar va o‘zgarishlarning tarixiy bosqichida», — deyiladi TIV tarqatgan O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi xabarida.

Qayd etish joizki, O‘zbekiston endilikda hukumat uchun «diniy erkinlikning jiddiy buzilishi"da ishtirok etuvchi yoki unga chidam bilan munosabatda bo‘luvchi «maxsus kuzatuv ro‘yxati"ga kiritildi.

Elchixona o‘z xabarida AQSH davlat kotibi ilk bor O‘zbekistonning diniy erkinlik sohasidagi yutuqlariga yuqori baho berdi.

«AQSHning xalqaro diniy erkinlik masalalari bo‘yicha alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisi Sem Braunbek boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi jarayonida diniy erkinlikni ta’minlash, amaldagi me’yorlarni yaxshilash va soddalashtirish, radikalizmga qarshi yondashuvlarni ishlab chiqish, diniy jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan minglab kishilarnining mislsiz ozod qilinishi, shuningdek, islomni targ‘ib qilishning institutsional mexanizmlarini yaratish bo‘yicha amaliy choralarga guvoh bo‘lish imkoniga ega bo‘ldi», — deya ta’kidladi elchixona.

«O‘zbekistonning CPC ro‘yxatidan chiqarilishi — o‘z vaqtida va to‘g‘ri qaror. Bu O‘zbekistondagi ijobiy o‘zgarishlar natijasidir. AQSH Davlat departamentining Diniy erkinliklar idorasi faoliyatining 20 yillik tarixida bunday ro‘yxatning faqat ikkita davlati mavjud: Vetnam va endilikda — O‘zbekiston», — deydi Global jalb etish instituti rahbari Kris Saypl.

Kris Saypl kuzda Sem Braunbek delegatsiyasi tarkibida O‘zbekistonga tashrif buyurgan va Global jalb etish instituti hamda Strategik va hududlararo tadqiqotlar instituti va Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti o‘rtasida O‘zbekistonda diniy erkinlikni rivojlantirish bo‘yicha maxsus ishchi guruhini tuzish to‘g‘risidagi uch tomonlama memorandumni imzolashda ishtirok etgan edi.