AQSH «diniy erkinlikning jiddiy buzish"da ishtirok etayotgani yoki unga chidamli munosabatda bo‘layotgan O‘zbekistonni hukumat uchun maxsus kuzatuv ro‘yxatiga kiritdi. O‘tgan yillarda O‘zbekiston «diniy erkinlikni tizimli, davomiy va jiddiy ravishda buzish"da ishtirok etuvchi mamlakatlar ro‘yxatida edi.

AQSH davlat kotibi Mayk Pompeoning bayonotida qayd etilishicha, тегишли qaror 28 noyabr kuni qabul qilindi. Mazkur ro‘yxatga Komor orollari va Rossiya ham kiritilgan.

XXR, Eron, Saudiya Arabistoni va qator boshqa mamlakatlar diniy erkinlikni buzayotgan davlatlar ro‘yxatidan joy oldi.

«Men Birma (Myanma — tahr.), Xitoy, Eritreya, Eron, Shimoliy Koreya, Pokiston, Sudan, Saudiya Arabistoni, Tojikiston va Turkmanistonni 1998 yildagi xalqaro diniy erkinlik to‘g‘risidagi qonunga (AQSH) ko‘ra ortiq darajadagi xavotirlarni uyg‘otuvchi mamlakatlar sifatida belgilab oldim, chunki ular «diniy erkinlikni tizimli, davomiy va jiddiy ravishda buzish"da ishtirok etmoqda», — dedi Pompeo.

Butun dunyoda ko‘plab joylarda odamlar shunchaki o‘z e’tiqodi bilan yashayotgani uchungina tahdidlar, hibsga olishlar yoki hatto o‘lim bilan to‘qnash kelmoqda, deya ishonch bildirdi davlat kotibi. «AQSH bu kabi jabr-zulmlarni xursandchilik bilan kuzatib turmaydi», — dedi Pompeo.

17−19 sentyabr kunlari AQSHning xalqaro diniy erkinlik masalalari bo‘yicha alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisi Sem Braunbek O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi. Elchi prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda O‘zbekistonning diniy erkinlik va inson huquqlarini ta’minlash sohasidagi yutuqlarini qayd etdi.